Biz haqimizda
2015-yildan beri Namangan va butun O'zbekiston bo'ylab tashqi reklama tayyorlaymiz: 5000+ mijoz, 1000+ yirik loyiha. Narx bilan emas, xizmat sifati bilan raqobatlashamiz.
Arizadan o'rnatishgacha
Ariza
Saytda, Telegramda yoki telefonda. Ish vaqtida tez javob beramiz.
Bepul o'lchov
Mutaxassisimiz odatda ertasi kuni joyiga boradi va o'lchaydi.
Bepul dizayn
Binoga qo'yilgan holatda ko'rsatamiz — qanday ko'rinishini oldindan bilasiz.
Aniq narx
O'lcham va materialga qarab hisoblaymiz. Taxmin emas, yakuniy narx.
Tayyorlash
O'z sexmizda. Muddat shartnomada yoziladi va o'sha kuni topshiriladi.
O'rnatish va kafolat
Xavfsiz o'rnatamiz. Lightbox, harflar va yoritishga 1 yil kafolat.
Biz bilan ishlaganlar
Yirik korxona va tashkilotlar uchun 1000+ loyiha bajarganmiz.
Ko'p beriladigan savollar
O'lchov haqiqatan bepulmi?
Ha. O'lchov ham, dizayn ham bepul va sizni hech narsaga majbur qilmaydi. Aniq narxni bilib, keyin qaror qilasiz.
Kalkulyatordagi narx aniqmi?
Kalkulyator taxminiy oraliqni ko'rsatadi. Yakuniy narx o'lchovdan keyin aniqlanadi: devor turi, elektr ulanishi va o'rnatish balandligi hisobga olinadi.
Boshqa shaharlarga ham ishlaysizmi?
Ha, butun O'zbekiston bo'ylab ishlaymiz. Namangan viloyatida bo'rtma harflar va lightbox o'rnatish bepul, boshqa viloyatlarda o'rnatish narxi alohida kelishiladi.
Kafolat qanday?
Lightbox, bo'rtma harflar va yoritishga 1 yil kafolat beramiz. Shu muddatda nosozlik bo'lsa, bepul tuzatamiz.
Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Banner, orakal, tumanka va setkali orakal — 1 kunda tayyor, o'rnatish 3–5 kun ichida. Lightbox, bo'rtma harflar va viveska — o'rnatish bilan 7–10 ish kuni. Muddat kelishuvda yoziladi.
Bepul o'lchov va dizayn
Mutaxassisimiz joyiga boradi, o'lchaydi va reklamangizni binoga qo'yilgan holatda ko'rsatadi.

